23:22 / 18.09.2019
2 579

Hindistonda elektron sigaretlarga taqiq joriy etildi

Hindistonda elektron sigaretlarga taqiq joriy etildi
Hindistonda elektron sigaretlarga nisbatan taqiq kiritildi, deb xabar berdi Kun.uz nashri The Guardian gazetasiga tayanib.
Taqiq elektron sigaretlarni ishlab chiqarish, import, eksport qilish, sotish va saqlashga nisbatan joriy etildi. Shuningdek, ularni reklama qilish ham taqiqlanadi.

Mazkur qaror elektron sigaret chekuvchilar o‘pka kasalligidan vafot etayotgani haqidagi xabarlardan so‘ng qabul qilindi.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotiga ko‘ra, Hindiston an’anaviy tamaki mahsulotlari iste’moli bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda turadi. Bu mamlakatda elektron sigaretlar u qadar ommalashmagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hindistonda elektron sigaretlarga taqiq joriy etildi