09:13 / 20.09.2019
4 982

Britaniyaliklar Habibni ayiq bilan olishgani uchun tanqid qilishdi

Britaniyaliklar Habibni ayiq bilan olishgani uchun tanqid qilishdi
Buyuk Britaniyaning PETA hayvonlarni ximoya qilish jamiyati a’zolari aralash jang san’atlari bo‘yicha chempion Habib Nurmagomedovni ayiq bilan jangi tasvirlangan videosi uchun tanqid qilishdi.

PETAning Britaniya vakolatxonasi direktori Elayza Allen zanjirlangan hayvon bilan kurashgani uchun Habibni jirkanch deb atadi. Allen Habib faqat jangga rozi bo‘lgan odamlar bilan kurashishini va hayvonlarga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi kerakligini aytdi.

Internetda Nurmagomedovning muxlislari ayolning gaplarini g‘azab bilan kutib olishdi. Foydalanuvchilardan birining fikricha, Habib bilan urushgan ayiq yaxshi sharoitlarda yashaydi: u parto‘shakda uxlaydi, Habib bilan bir xil ovqatlanadi. Uning fikricha, sportchi ayiq bilan jiddiy kurashmagan, o‘ynagan xolos.

Jangchining o‘zi ham videoga izoh bergan: "Keyin men otamdan: "U tishlamaydimi?" deb so‘radim. U javob berdi: "Sen ham tishla, senda ham tish bor" dedi. Shunday qilib, mening butun hayotim musobaqalarda o‘tdi. Yoki yutasiz yoki yutqizasiz. Ushbu video mening butun hayotimni aks ettiradi".

Xabib Nurmagomedov - UFC yengil vazn toifasidagi mutlaq chempioni: u faoliyatidagi 28 ta uchrashuvning hammasida zafar qozongan. Oxirgi jangida u amerikalik Dastin Pore ustidan g‘alaba qozongan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Britaniyaliklar Habibni ayiq bilan olishgani uchun tanqid qilishdi