
Xitoy strategiyasi global mohiyat kasb etadi. Mazkur strategiya quyidagi maqsadlarni qamrab olgan:
– 2020 yilgacha, ya’ni Xitoy kommunistik partiyasining yuz yilligiga qadar bironta kambag‘al bo‘lmagan o‘rtacha farovon jamiyat qurish.
– 2049 yilgacha – Xitoy Xalq Respublikasi tashkil topganining yuz yilligiga dovur taraqqiy etgan davlatlar darajasidagi sotsialistik davlat qurish.
– Va gipermaqsad – butun dunyo xitoycha bo‘lganida, yagona taqdirli insoniyat hamjamiyatini qurish.
Sodir bo‘layotgan voqealardan ko‘rinib turibdiki, Xitoy siyosatchilari butun insoniyatga umuman boshqacha nigoh bilan boqmoqda.
Bir xitoylik shunday yozyapti:
«Xitoy – Amerika savdo urushi – bu kalit. Agar bu urushda yutqazsak, 100 yillik maqsadimizga yeta olmaymiz. Agar yutsak, unda dunyodagi birinchi raqamli davlatga aylanamiz. Men oddiy xitoylikman, faqat ishlab, soliq to‘lab va shu orqali hukumatni qo‘llab-quvvatlay olaman. Atrofimdagi do‘stlarimning deyarli hammasi shunday. Bu muvaffaqiyatga erishish kalitidir. Shunchaki bizga yoqqani uchun ishlamayapmiz. Kommunizmning uyushqoqligini, birdamligini rossiyaliklar emas, biz o‘ylab topganmiz».
Manba: Ildiz kanali “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar