
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 28 yilligiga bag‘ishlab 22 sentyabr kuni Rossiyaning Rostov-na-Donu shahrida «Osh festivali» bo‘lib o‘tdi.
Festivalni O‘zbekiston Bosh konsulxonasi, Astraxan, Maxachkala va Rostov-na-Donudagi o‘zbek diasporalari hamkorlikda tashkil etdi.
Tadbir doirasida Rostov-na-Donuning markaziy bog‘ida 20 kgdan to‘rt turdagi palov — Toshkent, Andijon, Xorazm va bayram palovi tayyorlandi.

Barcha qozonlar bir paytda ochilib, sovuq havo va yomg‘irga qaramay oshning hammasi 1 soatu 15 daqiqada tugadi.
Festival davomida bog‘da Astraxanlik o‘zbek diasporasi vakili tomonidan kuylangan o‘zbek qo‘shiqlari yangrab turdi. Festivalga shahar ma’muriyati, mahalliy diaspora vakillari oilalari bilan tashrif buyurishdi. Tadbir do‘stona kayfiyatda o‘tib, unda o‘zbekona mehmondo‘stlik alohida qayd etildi.
O‘zbekiston Bosh konsulxonasi endi bunday festivalni yilda ikki bor — Navro‘z va Mustaqillik bayramlarida o‘tkazishni rejalashtirmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar