Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy BMT Bosh assambleyasidagi nutqi vaqtida Rossiyani tajovuzkorlikda aybladi.
“112 Ukraina” telekanalining xabar berishicha, Zelenskiy nutqini 2016 yil iyunda Donbassda “O‘ng sektor” safida jang qilib, Ukrainani Rossiya tajovuzidan himoyalab halok bo‘lgan opera qo‘shiqchisi Vasiliy Slipak haqidagi voqea bilan boshlagan.
“Men sizga bir voqeani aytib beraman. Tinglanishi hayoti mazmuniga aylangan inson tarixini. Bu inson ajoyib ovozga ega edi, u dunyoning eng yaxshi baritoni va kontratenorlaridan biri deb atalgan. Uning ovozi Nyu-Yorkdagi Karnegi-xollda, Notr-Dam ibodatxonasida, Londonning Kovent-Gardeni va Parijdagi Grand-Operada yangragan. Sizdan har biringiz uning ajoyib kuylashini tinglashingiz mumkin edi. Biroq bizga buni qilishga imkon bermaydigan narsalar bor. U mana bunday ko‘rinishda”, deb aytgan Zelenskiy va o‘qni ko‘rsatgan.
“12,7 millimetr shunchaki uning karerasini to‘xtatmadi. U uning hayotini to‘xtatdi. Bu o‘q 10 dollar turadi. Afsuski, bugungi kunda bu sayyoramizda inson hayotining bahosidir. Bunday voqealar minglab bor. Bunday o‘qlar esa millionlab. XXI asr – imkoniyatlar asriga xush kelibsiz”, deb o‘z nutqini davom ettirgan Ukraina prezidenti.
Zelenskiy Donbassdagi urush oqibatida 13 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘lganini aytib o‘tgan.
“5 yildan beri urush davom etmoqda, Rossiya Qrimni bosib olganiga 5 yil bo‘ldi. 13 mingdan ko‘proq halok bo‘lganlar, 30 ming jarohat olganlar, 1,5 mln ko‘chib o‘tganlar. Har yili bu raqamlar bu yerda yangraydi, har yili bu raqamlar o‘sib bormoqda”, deb qo‘shimcha qilgan Ukraina rahbari.
U Donbassdagi urushni to‘xtatishni o‘zining bosh vazifalaridan biri ekanini aytgan. Zelenskiy Ukrainada urush davom etar ekan, dunyoda hech kim o‘zini xavfsiz hisoblay olmasligini ta’kidlab o‘tgan.
“Rossiya Yevropa markazida urush olib borar ekan, hech kim o‘zini xavfsiz hisoblay olmaydi”, deb aytgan Zelenskiy.
Siyosatchi o‘z so‘zlarini uchinchi jahon urushi “oxirgisi” bo‘lishi va “urushda hech kim g‘alaba qilmasligi” haqidagi so‘zlar bilan yakunlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Iroq qarshilik kuchlari Isroil poytaxtiga havo hujumi uyushtirdi
“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzlarining umr yo‘ldoshlari (foto)
Prezident AQSH, Xitoy va Yevropaning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi
Ekologiya inspektorlariga hujum qilgan brakonerlar qamoqqa olindi
Saul Alvares: "U o‘z jangchisiga tupurib qo‘ygan!"
Qozog‘istonlik milliarder Angliya klubini sotib oldi
Toshkentda MDH ko‘ngillilari forumi boshlandi