Ruhoniy BMT minbaridan AQShni «iqtisodiy terrorizm»da aybladi

Ruhoniy BMT minbaridan AQShni «iqtisodiy terrorizm»da aybladi
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy BMT minbaridagi chiqishida Eron AQSh tomonidan «iqtisodiy terrorizm»ga duch kelganligini ta’kidladi.

"Men eng shafqatsiz iqtisodiy terrorizmga qarshi kurashayotgan va o‘zining mustaqillik, fan va texnologiyalarga bo‘lgan huquqini himoya qilgan mamlakat nomidan gapirmoqdaman. AQSh hukumati eksterritorial sanksiyalar kiritish va boshqa davlatlarga tahdid qilish orqali Eronni jahon iqtisodiyotida ishtirok etishdan mahrum qilishga qattiq urindi va xalqaro bank tizimidan boshqa maqsadda foydalanib xalqaro qaroqchilikka qo‘l urdi", - dedi u BMT Bosh assambleyasining 74-sessiyasidagi chiqishi chog‘ida.

Avvalroq AQSh prezidenti Donald Tramp BMT minbarida nutq so‘zlayotib Eronni Saudiya Arabistoniga hujum qilishda ayblagandi.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar