2 771
Fransiyada qo‘lga olingan tennischi Xabibulina O‘zbekiston fuqarosi emasligi ma’lum qilindi
O‘zbekiston tashqi ishlar vazirligi Fransiyada tennischi Albina Xabibulinaning qo‘lga olinishi bo‘yicha izoh berdi.
Vazirlikda ta’kidlanishicha, Xabibulina 2017 yil avgustdan beri O‘zbekiston fuqarosi hisoblanmaydi.
Avvalroq Fransiya politsiyasi ikki tennischi – Albina Xabibulina va qirg‘izistonlik Kseniya Palkinani kelishilgan uchrashuvlarda gumon bilan qo‘lga olgandi. Dastlab Xabibulina O‘zbekiston fuqarosi ekanligi aytilgan.
Ushbu hibsga olishlar Fransiyadagi musobaqalarda kelishilgan o‘yinlarni aniqlash bo‘yicha olib borilgan yirik surishtiruvning bir qismiga aylandi. Bu haqda Gotennis xabar bermoqda.
L’Equipe ma’lumotiga ko‘ra, avvalroq Xabibulina mart oyida Gonnesdagi turnirda o‘tkazilgan o‘yinda atayin mag‘lub bo‘lganini tan olgan. Palkina esa u va pul tikadigan odamlar o‘rtasida vositachilik qilishda gumonlanmoqda. Fransiya rasmiylarining sportchilarga bo‘lgan e’tiborini shubhali pul tikishlarni payqagan britaniyalik bukmekerlar jalb qilgan.
Surishtiruv tufayli Xabibulina va Palkina juftlikda o‘ynashi kerak bo‘lgan Klermont-Ferrandagi ITF musobaqasida ishtirok etmaydigan bo‘ldi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Kanchelskis O‘zbekiston va Qozog‘iston futbolini taqqosladi: "Ular juda oldinlab ketishgan"
Sodiq Xon uchinchi bor London meri etib saylandi
Ronaldu Messidan uzoqlashmoqda!
Gulistonda Nexia avtomashinasining gaz balloni portlab ketdi (video)
Makronni Rossiya raketalari qo‘rqitib yubordi