Suriyaning Idlib viloyatida ulkan yer osti kompleksi aniqlandi, deb xabar beradi «Izvestiya»ga tayanib Daryo nashri.
Harbiy ekspert Vladislav Shurigin mamlakatni jangarilardan tozalash vaqtida Xan-Sheyxun shahrida topilgan «ulkan yer osti kompleksi»ga tashrifi taassurotlari bilan bo‘lishdi. Ushbu kompleksda uch ming nafargacha odam bir necha oy davomida yashirinib yotishi mumkin bo‘lgan.
«Suriyaga tashrifimiz vaqtida ushbu kompleksga tushganimizda, bu turdagi ob’ektlar borasidagi bizning dastlabki taassurotlarimiz butkul o‘zgardi. Odatdagi yer osti handaqlaridan farqli o‘laroq, qarshimizda haqiqiy yer osti qal’asi turardi. Uning kattaligi odamni qo‘rquvga soladi. O‘nlab g‘orlar tunnellar tarmog‘i bilan o‘zaro bog‘langan. Ularning ayrimlariga bemalol yuk mashinalari va harbiy texnikalar kira oladi», — deydi ekspert.
Shuriginning fikricha, mazkur ob’ekt bir necha yil davomida maxsus texnikalar yordamida qurilgan. G‘orlar mustahkam va quyma pollarga ega, turar joylar esa keramik plita va marmarlar bilan qoplangan. Barcha devorlar bo‘yalgan, ventilyatsiya tizimi mavjud, hamma yerda elektr tarmoqlari, suv quvurlari va kanalizatsiya bor. Hatto operatsiya qilish anjomlari bilan jihozlangan yer osti gospitali ham mavjud. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Namanganda 50 dollarlik qalbaki kupyuralarni sotishga uringan shaxs ushlandi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Ukraina yaradorlar bilan qanday muomala qilayotgani ma’lum qilindi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
Yevropa razvedka xizmatlari: Rossiya Yevropada diversiyalarni rejalashtirmoqda
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!