Saudiya Arabistoni yaqin vaqt ichida fuqarolariga sayyohlik vizalari beriladigan 49 ta davlat nomini e’lon qiladi. Bu haqda Azon.uz xabar berdi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, hujjatni internet orqali olish mumkin bo‘ladi va uning narxi 80 dollarni tashkil qiladi. Bundan tashqari, musulmonlar uchun muqaddas bo‘lgan Makka va Madinaga borish cheklangan holatda bo‘ladi.
Shu bilan bir qatorda sayyohlar uchun odob-axloq qoidalari belgilandi. Jumladan, ularga qirollik hududida alkogol iste’moli taqiqlanadi.
Ayollar mamlakat uchun an’anaviy bo‘lgan abayyani kiyishga majbur bo‘lmaydi. Biroq ularning kiyimi yopiqroq ko‘rinishda bo‘lishi zarur. Saudiya Arabistoniga ayollar o‘ziga qarindosh bo‘lgan erkaklar hamrohligisiz ham kelishi mumkin.
Eslatish o‘rinli, Saudiya rahbariyati ilk bor sayyohlik vizasini bera boshlaydi. Ilgari maqsadli ishchilar, haj va umra amallarini bajaruvchi musulmonlar va ish yuzasidan mehnat safar bilan kelgan kishilarning mamlakatga kirishiga ruxsat berilardi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi