Foto: REUTERS/PARWIZ
28 sentyabrda Afg‘onistonda prezident saylovlari kunida jangarilar sodir etgan 113 ta hujum oqibatida 32 kishi halok bo‘ldi, 123 kishi yaralandi. Bu haqda Pajhwok axborot agentligi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, “Tolibon” 64 ta hujum uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan, qolgan hujumlar tashkilotchilari noma’lum.
28 sentyabrda Afg‘onistonda 2001 yilda toliblar tuzumi qulagandan keyingi 4-prezident saylovlari bo‘lib o‘tdi. Saylovlarda asosiy raqiblar amaldagi prezident Ashraf G‘ani va bosh vazir Abdulloh Abdulloh hisoblanadi. Ularga xavfsizlik bo‘yicha milliy direksiya rahbari Rahmatulla Nabil, afg‘on mujohidlarining sobiq yetakchisi Gulbiddin Hikmatiyor va Afg‘onistonning Londondagi sobiq elchisi Ahmad Vali Mas’ud raqobatchilik qilishi mumkin.
Saylovlar jarayoni radikallar tomonidan muntazam tahdidlar sharoitida o‘tmoqda. Saylovlarning dastlabki natijalari 19 oktyabrda, yakuniy natijalari esa 7 noyabrda e’lon qilinishi kutilmoqda. Zarurat yuzaga kelsa, saylovlarning 2-bosqichi 23 noyabrda bo‘lib o‘tadi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Rossiyalik zobitning Buxoroda ko‘rgan-kechirganlari...