Foto: AFP
SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask Oy yoki Marsga odamlar hamda yuklarni tashishga mo‘ljallangan ko‘p martalik Starship kosmik kemasining prototipini ommaga taqdim etdi, deb xabar beradi Daryo nashri.
29 sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan taqdimot davomida kosmik kema Texas shtatidagi maydonchadan start oldi.
SpaceX’ning ta’kidlashicha, kema yuz nafarga yaqin odamni va yuklarni tashishga qodir bo‘lib, Oy va Marsni zabt etishning asosiy bo‘g‘iniga aylanishi mumkin. Kompaniya o‘z kemasini «tarixdagi eng kuchli raketa» deb atadi.
Starship will be the most powerful rocket in history, capable of carrying humans to the Moon, Mars, and beyond pic.twitter.com/LloN8AQdei
— SpaceX (@SpaceX) September 29, 2019
Super Heavy tezlashtirgichi va Starship’ning o‘zi. Kemaning og‘irligi 120 tonnaga, uzunligi 50 metrga teng.
Maskning so‘zlariga ko‘ra, Starship 1-2 oydan so‘ng o‘zining birinchi parvozini amalga oshiradi: kema 20 kilometr balandlikka ko‘tarilib, ma’lum vaqtdan so‘ng yana yerga qaytadi.
- "Bu ahmoqlikdek tuyulishi mumkin, lekin o‘ylashimcha, olti oydan kamroq vaqt ichida orbitaga chiqishga harakat qilib ko‘ramiz", - deydi SpaceX kompaniyasi asoschisi Ilon Mask.
Tadqimot vaqtida SpaceX rahbari o‘z kemasining noodatiy tashqi ko‘rinishini muhokama qilib, zanglamaydigan po‘latdan ishlangan raketa olovga bardoshli shaffof yupqa keramik qatlam bilan qoplanganini ma’lum qildi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
AQSHda og‘ir-bosiqligi bilan mashhur bo‘lgan alligator o‘g‘irlab ketildi (foto)
ISHIDga aloqadorlikda gumonlangan o‘zbekistonlik AQSHda 2 yil erkin yashagani aniqlandi
“Ot aylanib qozig‘ini topadi” deyishardi, men “qozig‘imni” topolmadim (Hayotiy hikoya)
U-23 Osiyo kubogi. Iroq 3-o‘rinni va Parij Olimpiadasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Istanbul: rasmiylar bosh maydondagi norozilik namoyishini tarqatib yubordi
Messi amerikaliklarni hayratga solishda davom etmoqda
Indoneziya ustidan irodali g‘alabani qo‘lga kiritgan Iroq Olimpiada litsenziyasiga ega chiqdi (video)