Foto: «E-vesti.ru»
Ispaniyalik astronomlar (Kalar-Alto observatoriyasi) kutilmaganda o‘lchamlari va tuzilishi Yupiterga o‘xshab ketadigan yangi sayyorani aniqlashdi. Kataloniya kosmik tadqiqotlar instituti astronomlari rahbari Xuan Karlos Moralesning aytishicha, sayyora ulkan gaz massalaridan shunchalik favqulodda tez shakllanishga ulgurganki, tadqiqotchilar buni payqamay ham qolishgan.
Fazoviy jism nega ilgari ko‘rinmagan ekan? Tadqiqotchilar uni Quyosh tizimining eng katta sayyorasi — Yupiterga o‘xshatishyapti.
Sayyora massasi Quyosh masassining 12 foiziga teng uncha katta bo‘lmagan GJ 3512 yulduzini aylanmoqda. Bizning 365 kunimiz bu sayyorada 200 kun davom etadi.
Ispaniyalik hamkasblarining topilmasi yangiligini Germaniyaning Maks Plank astronomiya instituti astrofiziklari jamiyati ham tasdiqladi. Endi olimlarni bir narsa o‘ylantiryapti — kutilmaganda ulkan gaz gigantining tug‘ilishi barcha sayyoralarning yuzaga kelishi borasidagi shu paytgacha amalda bo‘lgan modellarni qayta ko‘rib chiqishga undaydi.
Yangi sayyoraning massasi o‘ta ulkan — eng xomaki hisob-kitoblarga ko‘ra, kamida «o‘zimizning» Yupiterning yarmicha keladi. Endi olimlar teleskoplardan olingan ma’lumotlarni tekshirishga tushishadi: gazli gigantlarda hayot bormi, ularda, masalan, odamga o‘xshash mavjudotlar yashay oladimi va h.k. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Messi “dahshatli” ko‘rsatkich qayd etdi (video)
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Superliga. OKMK va "Nasaf" o‘rtasidagi o‘yinda 7 ta gol urildi
Xomyakov "Andijon"ning Superligadagi ilk mag‘lubiyati haqida qanday izoh bildirdi?
O‘zbekiston U-23 terma jamoasi guruh bosqichidagi 2 o‘yinini “PSJ” stadionida o‘tkazadi
Olimlar arilar sonining kamayishidagi «asosiy» yangi omilni aniqladi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar