Foto: REUTERS
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Ukraina hukumati boshqa davlatlar buyrug‘iga ko‘ra tergovlar olib bormasligini aytdi.
“Bizga nimanidir qilishni buyurmaslik kerak. Biz mustaqil davlatmiz. Biz ochiqmiz, biz tergov qilishga tayyormiz, biroq buning menga dahli yo‘q”, deb aytgan Zelenskiy AQSh prezidenti Donald Tramp bilan suhbatda hamkasbi undan AQShning sobiq vitse-proyezidenti Jo Baydenning o‘g‘liga qarshi tergovni boshlashni so‘raganiga shama qilib.
Zelenskiyning aytishicha, Oq uydan farqli, Kiyev jamoatchilikka uning Tramp bilan suhbati matnini taqdim qilmaydi. “Chop etish noto‘g‘ri bo‘ladigan ba’zi nozik narsalar bor”, deb tushuntirdi buni Ukraina prezidenti.
Avvalroq ma’lum qilinganidek, AQSh kongressi Trampning Zelenskiy bilan iyuldagi suhbati sababli AQSh prezidentiga nisbatan impichment jarayonini boshlagan. Aniqlanishicha, Tramp Kiyev Baydenning o‘g‘li Xanterning Burisma gaz kompaniyasidagi faoliyatini tergov qilishini istagan. Bu esa Trampning 2020 yilgi prezident saylovlari bo‘yicha asosiy raqibi bo‘lishi kutilayotgan Jo Baydenning reytingiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan bo‘lardi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
Global Janub kimniki?
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ruslar Abrams tanklarining zaif tomonini topishdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi