Foto: elpais.com
Ispaniya odil sudlovi tarixida ayol kishiga umrbod qamoq jazosi hukmi chiqarildi. Bu haqda El Pais nashri xabar berdi.
Almeriyadagi hukm chiqaruvchilar hay’ati 45 yoshli Ana Xuliya Kesada ishi bo‘yicha hukm chiqardi. Dominikan Respublikasidan bo‘lgan migrant ayol o‘zining jazmani Anxel Krusning 8 yoshli o‘g‘li Gabrielni o‘ldirishda aybdor deb topildi.
Bola 2018 yil 27 fevralda Almeriya yaqinidagi Las-Ortichuelas qishlog‘ida bedarak yo‘qolgan. Mahalliy aholi bolani qidirishni tashkillashtirgan, unda Kesada ham faol ishtirok etgan. 2 haftadan keyin politsiya ayolning avtomobili ichidan bolaning jasadini topgan. Ayol bolani o‘ldirganini tan olgan. Qotil dastlab bolaning jasadini o‘z hovlisida ko‘mgan, so‘ngra uni boshqa joyga yashirishga qaror qilgan.
Kesadaning advokatlari ayol voqea vaqtida dori vositalari ta’siri ostida bo‘lganini ta’kidlashgan, ammo hukm chiqaruvchilar bu vajni qabul qilishmagan. Ular ayol bola uni taniganidan foydalanib, uning ishonchini suiiste’mol qilganini og‘ir holat deb topishgan.
Bundan tashqari, qotil ayol bola ota-onasining har biriga 250 ming yevrodan moddiy zarar to‘lashi hamda bolani qidirish ishlari bilan bog‘liq 200 ming yevrolik sarf-xarajatlarni qoplab berishi kerak bo‘ladi. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Istanbuldagi 1 may namoyishlarida 140 dan ortiq kishi hibsga olindi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi
Timur Kapadze Yaponiyaga qarshi kechgan finaldan so‘ng nimalar dedi?
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Xitoyda avtomobil yo‘lining o‘pirilishi oqibatida kamida 24 kishi halok bo‘ldi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Nyu-York politsiyasi Falastin tarafdori bo‘lib namoyish o‘tkazgan 282 talabani hibsga oldi