22:10 / 01.10.2019
2 490

Tramp Federal zaxira tizimini dollar narxini oshirib yuborishda aybladi

Tramp Federal zaxira tizimini dollar narxini oshirib yuborishda aybladi
AQSh prezidenti Donald Tramp Federal zaxira tizimini (FZT) dollar narxi oshib ketishiga olib kelgan qaror qabul qilishda, natijada dollar boshqa valyutalarga nisbatan noraqobatbardosh bo‘lib qolganligida aybladi.

"Taxmin qilganimdek, Jey Pauell va Federal zaxira tizimi dollarning boshqa valyutalarga nisbatan o‘ta kuchayib ketishiga yo‘l qo‘yishdi, natijada bizning ishlab chiqaruvchilarimiz buning salbiy ta’sirini o‘zlarida his qilishmoqda", – deb yozdi Tramp Twitter sahifasida.

Seshanba kuni dollar kursi jahondagi asosiy valyutalarga nisbatan o‘sdi.
Ushbu haftada FZT vakillari, jumladan, tizim raisi Jerom Pauellning chiqish qilishi kutilmoqda.

FTZ 17-18 sentyabr kungi yig‘ilish yakuniga ko‘ra bazaviy foiz stavkasini yillik 2-2,25 foizdan 1,75-2 foizgacha tushirdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Federal zaxira tizimini dollar narxini oshirib yuborishda aybladi