2 787
«Kechirip koyunuzdar»: Rossiyalik teleboshlovchi Andrey Malaxov qirg‘izlardan uzr so‘radi
Andrey Malaxov / Foto: Ilya Pitalev / RIA Novosti
Rossiyalik taniqli teleboshlovchi Andrey Malaxov o‘zining “Pryamoy efir” ko‘rsatuvida rossiyalik milliarder Vladimir Marugovning o‘g‘li Aleksandrning o‘limi yuzasidan aytgan so‘zlari uchun qirg‘izlardan qirg‘izchada uzr so‘radi.
25 yoshli Aleksandr Marugov iyulda Moskvada avtohalokat oqibatida hayotdan ko‘z yumgandi. U o‘zining mototsiklida Qirg‘iziston fuqarosi Islombek Akbarov boshqargan taksiga urilgan. Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasiga Akbarov sababchi bo‘lgan.
Avvalroq Malaxov 24 sentyabrdagi ko‘rsatuvida Akbarov ma’lum pul evaziga yo‘l-transport hodisasini ataylab uyushtirgan bo‘lishi mumkinligi haqidagi taxminni bildirgandi. Bu esa qirg‘iz ijtimoiy tarmoqlarida norozilik keltirib chiqargan, foydalanuvchilar jurnalistdan uzr so‘rashni talab qila boshlashgan. Jumladan, Qirg‘iziston tashqi ishlar vazirligi ham teleboshlovchining so‘zlaridan tashvish bildirgan.
Keyinroq Malaxov uning so‘zlari noto‘g‘ri talqin qilinganidan afsus bildirgan.
“Qirg‘iz xalqining qadimgi hikmatida “Tinglashni bil va shunda seni ham tinglashadi” deyilgan. Bugun mening noto‘g‘ri tushunilgan so‘zlarim nafsoniyatiga tekkan yoki ranjitgan bo‘lishi mumkin bo‘lgan Rossiya va Qirg‘izistondagi tomoshabinlar meni tinglashlarini istayman. “Pryamoy efir” dasturining butun tahririyati va shaxsan o‘zim nomimdan samimiy afsuslarni bildirmoqchiman. Bizning ko‘rsatuvni butun dunyoda tomosha qilishadi va biz barcha tomoshabinlarimizni davlati va millatidan qat’i nazar birdek hurmat qilamiz va yaxshi ko‘ramiz. Kechirip koyunuzdar! Kechirim so‘rayman!”, deb kechirim so‘ragan Malaxov jonli efirda.
“Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Ko‘p kvartirali uylarda «kvartplata»ning eng kam miqdori tasdiqlandi
Turk seriallari yulduzi Demet O‘zdemirning Istanbuldagi shinam villasiga sayohat
Biologik faol qo‘shimchalar mutlaqo zararsizmi?
Sof quyma oltin sotayotgan shaxslar qo‘lga tushdi
Makron fransuz qo‘shinlarini Ukrainaga yuborish shartlarini aytdi
Qozog‘istonda sobiq ichki ishlar vaziri qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y