Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp o‘ziga nisbatan vakillar palatasi boshlagan impichment jarayonini davlat to‘ntarishi deb atadi.
«Bo‘lib o‘tayotgan jarayon impichment emas, davlat to‘ntarishi degan xulosaga kelyapman», — deb yozdi Tramp Twitter sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, bularning bari odamlarning ovozi, ularning erkinligi, dini, armiyasi, chegaradagi devor va Qo‘shma Shtatlar fuqarolarining huquqlarini olib qo‘yish uchun qilinmoqda.
Avvalroq Tramp videomurojaat bilan chiqib Demokratik partiyaning harakatlari «ulkan yolg‘on» ekanligini aytgandi.
25 sentyabr kuni vakillar palatasi raisi demokrat Nensi Pelosi Trampga nisbatan impichment jarayoni boshlanganini e’lon qilgandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi