
Amerikaning Jennings shahrida oʻn yoshli bola maktab avtobusini olib qochib ketdi, deya xabar beradi KPLC.
Bola avtobus turargohiga velosipedda keldi va ularning biri ochiqligi hamda kaliti ham avtobusdaligini payqadi. Bola avtobusga chiqib uni haydashni boshlab ketdi.
Shahar aholisi yosh haydovchiga eʼtibor berdi hamda uni politsiya kelguniga qadar chalgʻitib turishdi.
Politsiyachilar hodisa joyiga kelib bolani politsiya mahkamasiga olib ketgan, avtobusni esa orqaga qaytargan. Qayd etilishicha yosh haydovchi avtobusda butun shaharni aylanib chiqqan.
Bolaning ota-onasini farzandiga notoʻgʻri tarbiya bergani uchun javobgarlikka tortishlari mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar