Oʻtgan haftada Birlashgan Arab Amirliklarining ilk fazogiri Xalqaro fazo stansiyasiga parvoz qildi.
35 yashar Hazzaa al-Mansuriy Qozogʻistondagi Boyqoʻngʻir kosmik stansiyasidan uchib ketdi. BAA qurolli kuchlari sobiq uchuvchisi Mansuriy amirliklarning ilk fazogiri hamda Xalqaro fazo stansiyasiga chiqarilgan ilk arabistonlikdir.
Muhammad Bin Rashid Fazo markazi xodimi Amir Al-Gʻafriy Mansuriyning parvozi BAAning fazoni oʻrganish boʻyicha orzu va niyatlariga erishish sari tashlangan ilk qadam ekanligini aytdi. U fazo stansiyasida sakkiz kun boʻlib, ushbu davr mobaynida turli tajribalarni oʻtkazadi.
Mansuriy oʻzi bilan Qurʼon nusxasi, BAA bayrogʻi, oilasi suratlari hamda Dubay shayxi Muhammad bin Rashid Al-Maqtum qalamiga mansub kitobni olib chiqdi.
BAA Mars orbitasiga uzoqdan boshqariladigan moslama yuborgan ilk arab davlati boʻlishga bel bogʻlagan. Shuningdek, mamlakat 2117-yilgacha Marsda ilk insonlar manzilgohini barpo etishni rejalashtirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi