Qozogʻistonda tunda telefonini quvvatlantirishga qoʻyib uxlagan qiz vafot etdi

Qozogʻistonda tunda telefonini quvvatlantirishga qoʻyib uxlagan qiz vafot etdi
Qozogʻistonning Alma-Ata viloyati Bestobe qishlogʻida 14 yoshli qiz telefonini tunda karavotining bosh tomoniga quvvatlantirishga qoʻygan qiz vafot etdi.
“Bolaning tanasida tajovuz alomatlari topilmagan. Tahminlarga koʻra u tok urishi oqibatida vafot etgan”, — deyiladi xabarda.

Hodisa sentyabr oyining 28 kuni sodir boʻlgan. Smartfonning aynan qaysi rusumi haqida xabar berilayotgani nomaʼlum. Politsiyaga qizning oʻlimi haqida uning ota-onasi xabar bergan.
Mazkur holat baxtsiz hodisa deb qayd etilgan. Barcha tafsilotlarni bilish uchun tekshiruv tayinlangan.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Laylo
«ZAMIN.UZ» muharriri

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar