2 440
Donald Tramp Meksika bilan chegarani ilon va alligatorlar bilan «qurollantirish»ni taklif qildi
Foto: The New York Times
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning Meksika bilan chegarasini ilon va alligatorlar bilan «qurollantirish»ni taklif qildi. Bu haqda The New York Times'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, bunday g‘oyani u mart oyida o‘tgan majlisda ilgari surgan.
Qayd etilishicha, o‘zaro suhbatlarda Tramp chegarani suvda yashovchi jonzotlar va sudralib yuruvchilar bilan kuchaytirish lozimligini aytib o‘tgan.
Bundan tashqari, u chegara devorlaridan tok o‘tkazib, tepadan «inson tanasini teshib yuboradigan» o‘tkir temirlar o‘rnatishni xohlagan.
So‘ng Tramp chegarachilarga tosh otadigan migrantlarning oyog‘idan o‘q uzishga ruxsat bergan. Unga ushbu harakat noqonuniy ekanligini tushuntirishgach, bu g‘oyadan voz kechishga to‘g‘ri kelgan.
Amerika rahbari, shuningdek, noqonuniy muhojirlarning harakatini sekinlashtirishi uchun oyoqlariga otish g‘oyasini ilgari surishga harakat qildi, ammo bunday taklif noqonuniy bo‘lib chiqdi.
Qayd etilishicha, Tramp yig‘ilish ishtirokchilariga baqirgan. U aynan muhojirlar oqimini kamaytirish haqidagi va’dasi tufayli saylovlarda g‘alaba qozongani, biroq atrofdagilar uni ommaga ahmoq sifatida ko‘rinishga majburlayotganini ham aytib o‘tgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
AQSHning G‘azodagi siyosatidan norozi Davlat departamenti rasmiysi iste’foga chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Piyoda yurish va bog‘dorchilik bilan shug‘ullanish depressiyaga chalinishni 23 foizga kamaytiradi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi