Foto: EPA/UPG
Niderlandiya hukumati “rebrending” o‘tkazib, mamlakatning Gollandiya deb atalishidan voz kechishga qaror qildi. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.
Mamlakat rahbariyati fikricha, Gollandiya nomi barchada giyohvand moddalar va qizil fonuslar kvartalini eslatadi. Vaholanki, Niderlandiya o‘zini “global muammolarni hal qilish uchun ilg‘or texnologiyalar ishlab chiquvchi” davlat sifatida namoyish qilmoqchi.
Endi Niderlandiya nomi Tokiodagi Olimpiadada hamda Yevrovideniye-2020 musiqiy tanlovida faol qo‘llanadi. Futbol bo‘yicha terma jamoa ham endi “Niderlandiya jamoasi” deb ataladi.
Shimoliy va Janubiy Gollandiya Niderlandiyaning 12 viloyatidan ikki viloyati hisoblanib, tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Niderlandiyani Rossiya imperatori Pyotr I u yerdan qaytgandan keyin yanglish tarzda Gollandiya deb atay boshlagan. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Rogov: Amerika qo‘shinlarining Ukrainada paydo bo‘lishi "ochiq ishg‘ol" bo‘ladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
Usmon Toshev: "Olimpiadaga chiqqanimizdan 20 daqiqa o‘tgach, ko‘plab jamoalardan takliflar tushdi"
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi
Abbosbek Fayzullayev ham Osiyo kubogi finalida o‘ynamaydi