Rossiyalik tadbirkor Igor Ribakov Sankt-Peterburgda o‘tgan ishbilarmonlik anjmunlaridan birida odamlar ustidan 20 ming dollar sochib yubordi.
Milliarder buni yoshligida otasi unga dollar berib, o‘g‘liga uni ko‘paytirib, boshqa odamga berishni topshirgani bilan tushuntirgan. Ribakov otasining topshirig‘ini bajarib, tomoshabinlar bilan katta ishlar uchun “ramziy chipta” bilan bo‘lishishga qaror qilgan. Tomoshabinlar ustiga tadbirkorning imzosi va X10, ya’ni “10 marta ko‘paytir” yozuvi bo‘lgan kupyuralar sochilgan.
Tadbirkor uning hayotdagi maqsadi odamlar baxtiyorligi va farovonligi darajasini oshirishga aylanganini tan olgan. “Bu pullar maqsadimni amalga oshirish uchun sarmoyam. Men sarmoyachiman, sarmoyachi nimagadir pul tiksa, u bu pullarga achinmaydi”, deb aytgan milliarder.
Ta’kidlanishicha, tadbirkor bir soatlik chiqishi vaqtida 200 ming dollar ishlab topgan. Ribakov sochgan pullarini tashrif buyuruvchilar uchun “keshbek”, ya’ni “qaytim” deb aytgan.
“Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
O‘zbekistonda zilzilaga tayyorgarlik kuchaytiriladi
Erdo‘g‘on: «Isroil Gitlerdan ham o‘tib ketdi»
«Real Madrid» ustozi Karlo Anchelotti kechagi g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
Sirdaryoda budjetga juda ko‘p miqdorda zarar yetkazgan mayning ferma aniqlandi
Buxoro viloyatida «Neksiya-3» avtomashinasi buklanib qoldi
Nega Tramp Zelenskiyni yomon ko‘radi?
Xotirani yaxshilashning juda oddiy usuli topildi
Davlat xavfsizlik xizmati maklerlarga qo‘shib mansabdorlarni ham qo‘lga oldi