Foto: “RIA Novosti”
Aleksandr Lukashenko harbiy poligonga borganida jurnalistlarga bolalikda oʻgʻlini qanday jazolaganini aytdi, deb yozadi “Xabar” nashri “RIA Novosti”ga tayanib.
— Yaxshi kamar baʼzan bola uchun foydali. Viktor, katta oʻgʻil boʻlgani uchun koʻpincha mendan oladiganini olgan, — deydi Lukashenko.
Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, Dmitriy — oʻrtancha oʻgʻli — buni koʻrib, yuvosh tortgan. Kichik oʻgʻli Nikolayni esa Lukashenko umuman jazolamagan.
— Chunki u bunga zarurat qoldirmagan, — deb taʼkidlaydi prezident.
Umuman olganda, Belarus yetakchisi bolalarni jazolash tarafdori emasligini, lekin baʼzi vaziyatlarda boshqa iloji qolmasligini tan olgan.
Davlat rahbarining taʼkidlashicha, Belarus oʻz hayotini barpo etishda va farzandlarini tarbiya qilishda Gʻarb formulasiga emas, slavyan anʼanalari hamda hayotiy tajribalariga tayanadi.
— Ularda (Gʻarbda — tahr.) hademay oila boʻlmaydi: erkak erkakka uylanadi yoki turmushga chiqadi. Hech kim bola tugʻmay qoʻyadi. Biz esa oiladagi qandaydir axloq qoidalarini ulardan oʻzlashtiryapmiz, — deydi Lukashenko. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Moskva aeroportlarida 1000 ga yaqin tojikistonlik qolib ketdi
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Rossiyada Ishim daryosidagi suv sathi tarixiy rekordni yangiladi
Kim Chen In iqtisodni jonlantirish uchun Rossiya bilan aloqalarni mustahkamlashga intilmoqda
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Volkswagen va Volvo kompaniyalari O‘zbekiston fuqarolarini ishga taklif qildi
Blinkenning Xitoyga tashrifi. Nimalar muhokama qilingan?
Polsha generali: “Rossiya va Belarus bilan chegarada minalangan maydonlarni o‘rnatish kerak”