07:27 / 08.10.2019
3 528

Rohinjalar qaysi davlatlarga tarqab ketgan?

Rohinjalar qaysi davlatlarga tarqab ketgan?
Rohinjalar Myanma g‘arbida va Bangladeshning janubi-sharqiy qismlarida ming yillar davomida yashab kelgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 70-yillarning boshida Myanmaning Rakxayn shtatida rohinjalar soni 3,6 millionga yetgan.

Ammo ular ba’zan mahalliy etnik guruhlar, ba’zan buddaviylar va ko‘pincha harbiylarning shafqatsiz tazyiqiga uchrab, o‘z vatanlarini tashlab ketishiga va o‘zga mamlakatlarda qochqinga aylanishiga to‘g‘ri kelgan.

1977 yilda musulmonlarga nisbatan uyushtirilgan harbiy hujumdan so‘ng 2,5 million rohinja Myanmani tark etishga majbur bo‘lgan.
BMT genotsid sifatida baholagan 2017 yil 25 avgustdagi so‘nggi qatliomdan keyin 750 mingdan ortiq rohinja qo‘shni Bangladeshga qochib o‘tdi.

Hozir Myanmaning shimoli-g‘arbiy Rakxayn shtatida taxminan 700 ming va shimoli-g‘arbiy hududlarga ko‘chishiga to‘g‘ri kelgan 150 ming rohinja bor.

“Rohinja birdamlik tashkiloti” ma’lumotiga qaraganda, hozirgi kunda eng ko‘p rohinja Bangladeshda yashaydi: ro‘yxatga olingan 1,6 million va ro‘yxatga olinmagan 200 ming qochqin.

Yevropa Ittifoqi: 3 ming
BAA: 50 ming
AQSh: 5 ming
Avstraliya: 5 ming
Indoneziya: 1200 ming
Malayziya: 200 ming
Hindiston: 50 ming
Tailand: 5 ming
Saudiya Arabistoni: 470 ming
Pokiston: 450 ming
Bangladesh: 1,6 milliondan ziyod
Myanma: 850 ming

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rohinjalar qaysi davlatlarga tarqab ketgan?