Foto: «Reuters»
Amerikaning Kaliforniya shtati fuqarosi qo‘shnisini o‘ldirib, uning jasadini olti yil kvartirasining devorida yashirib kelgan, deb yozadi «Xabar» nashri.
Los-Anjeles (AQSh) shahridan bo‘lgan Reyven Kempbell 2009 yilning iyunidan beri bedarak ketgandi. 2015 yil iyul oyida ayolning oilasiga anonim qo‘ng‘iroq bo‘ldi. Telefon qilgan odam ayol o‘zi yashagan apartamentlar kompleksi devorida ko‘milgan bo‘lishi mumkinligini aytgan.
Marhumning qarindoshlari huquq-tartibot organlariga murojaat qilishadi. Politsiya qidiruvchi itlar yordamida Kempbellning jasadini topishadi. Ma’lum bo‘lishicha, qo‘shnilar bir necha yildan beri noxush hiddan shikoyat qilib kelishgan.
Qotillikda marhumning xonadondagi sobiq qo‘shnisi — 47 yoshli Rendolf Ye. Garbatt aybdor deb topilgan. Ayol to‘mtoq jarohat tufayli hayotdan ko‘z yumgan. Aybdorning aytishicha, Garbatt uni o‘ldirish uchun bolg‘adan foydalangan. U 11 yil qamoq jazosiga mahkum etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Mariya Zaxarova ukrainaliklarni Amerika hindulariga o‘xshatdi
Ispaniya va Gretsiya Kiyevga Patriot tizimlarini yetkazib berishdan bosh tortdi
Zoir Mirzayev “Telefonsiz maktab”ga 300 mln so‘m mukofot berdi
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi