
Turkiyaning Suriyaga chegara qismida jonli efir olib borayotgan TV jamoasiga qarata snayper o‘q uzdi. Jonli efir to‘xtatildi. Turkiya ayni vaqtda Shimoliy Suriyada terrorchilarni mintaqada yo‘q qilish uchun “Barış pınarı” (Tinchlik bulog‘i/Peace Spring) harbiy amaliyotini olib bormoqda.
Turkiyaning Suriyadagi “Barış pınarı” (Tinchlik bulog‘i/Peace Spring) harbiy amaliyotini jonli efirda yoritayotgan jurnalistlar tahlikada qoldi.
TV jamoasi ularga qarata snayperning o‘q uzishi tufayli uni to‘xtatishga majbur bo‘ldi.
Bugun Turkiya armiyasi Suriyaning shimolidagi PYD/PKK va IShID terrorchi guruhlarga qarshi kecha boshlagan harbiy amaliyotning ikkinchi bosqichi boshlangandi. Kecha qiruvchi samolyotlar 200ga yaqin terrorchilar manzillarini nishonga olgandi. Turk qo‘shinlari Shimoliy Suriyaga o‘tib rasman quruqlikdagi operatsiyalarni boshladi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Canlı yayın yapan gazetecilerimizin bulunduğu noktaya teröristler keskin nişancılarıyla ateş açtı. pic.twitter.com/lOJNTuLZeG
— Padrino Düzenyıkan (@ragnarelpadrino) October 10, 2019
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar