
Foto: EPA
AQSH Mudofaa vazirligi Saudiya Arabistoniga qoʻshimcha harbiy kuchlar yuborilishini maʼqulladi. Bu haqda 11-oktyabr kuni CNN jurnalisti Rayan Braun Pentagonga tayanib, oʻzining Twitterʻida maʼlum qilgan.
“Qoʻshimcha kuch sifatida jami 3 ming nafar odam yuboriladi. Bunday qaror soʻnggi oy davomida tasdiqlangan. AQSH Eron rejimi bilan ziddiyatga bormoqchi emas, ammo biz mintaqada jiddiy harbiy kuchni saqlab qolamiz”, — deya harbiylar bayonotidan iqtibos keltirgan Braun.
Braun AQSH Mudofaa vaziri Mark Esper qirolikka 2 ta qiruvchi eskadrili, 1 ta (AEW) ekspeditsiya qanoti, 1 ta THAAD tizimi va 2 ta Patriot tizimi raketa batareyalarini yuborishga ruxsat berganini ham maʼlum qilgan.
Eslatib oʻtamiz, 11-oktyabr kuni Saudiya Arabistonining Jidda portiga yaqin hududda Eron neft tankeri portlagan edi. Portlash terrorchilar tomonidan amalga oshirilgan degan taxminlar mavjud, biroq bu borada rasmiy maʼlumot berilmagan.
14-sentyabrga oʻtar kechasi esa Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi — Saudi Aramco obyektlariga dronlar yordamida hujum uyushtirilib, portlash sodir boʻlgandi. AQSH hukumati ushbu hujumni Eron amalga oshirgan deb gumon qilmoqda. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar