
Foto: «The Sun»
Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II birinchi marta an’anani buzib, parlamentning ochilish marosimida Britaniya imperiyasi tojini kiymadi.
Taxmincha, og‘irligi 2 funt 13 unsiy (1,3 kilogramm) keladigan toj 93 yoshli qirolichaga o‘ta og‘irlik qilgan. An’anaviy qirol toji bir necha mingta brilliant, shuningdek, sapfir, dur va zumradlar bilan bezatilgan.
Xabarga ko‘ra, Yelizaveta II marosimga Georg IV diademasini kiyib chiqqan. Biroq imperiya tojini qirolicha saltanati ramzi sifatida baribir parlamentga olib kelishgan. Qirolicha nutq so‘zlashidan oldin xizmatkorlar tojni yostiqchada olib chiqishgan.
Bu qirolichaning oltmish beshinchi, Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Boris Jonson ishtirokidagi birinchi nutqi bo‘ldi. Yelizaveta II uning hukumati 31 oktyabrda Buyuk Britaniya Yevropa Ittifoqidan chiqib ketishini ta’minlashi kerakligini aytdi. Qirolicha vazirlar Yevropa Ittifoqidan chiqish imkoniyatidan foydalanib, Yevropa Ittifoqi bilan yangi hamkorlik qilish ustida ishlashiga va’da berdi.
Yelizaveta IIBuyuk BritaniyaQirolicha TojiParlament MarosimiBoris JonsonYevropa Ittifoqi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar