
Birlashgan Arab Amirliklariga davlat tashrifi bilan kelgan Rossiya prezidenti Vladimir Putinga msahalliy kosmonavt Hazza al-Mansurin va uning dublyori Sulton al-Nayyodiy tilla tanga sovg‘a qildi. Bu haqda Muhammad bin Rashid nomidagi fazo markazining Tvitterdagi sahifasida ma’lum qilindi.
Tilla tangaga BAAlik fazogirning Xalqaro fazo stansiyasiga parvozining lototipi tushirilgan. Suratlardan sovg‘a olayotgan Putinning mamnuniyatini ko‘rish mumkin.
Hazza al-Mansuriy yetti kunlik parvozdan keyin rossiyalik Aleksey Ovchinin va amerikalik Nik Xeyg bilan birga 3 oktyabr kuni Xalqaro fazo stansiyasidan qaytib keldi. U fazoga uchgan ilk BAAlik bo‘ldi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar