17:57 / 16.10.2019
2 385

Kim Chen In otda Pektusan tog‘iga ko‘tarildi (foto)

Kim Chen In otda Pektusan tog‘iga ko‘tarildi (foto)
Shimoliy Koreya rahbari Kim Chen In oq otda koreyslar uchun muqaddas hisoblangan Pektusan tog‘iga ko‘tarilib, birinchi qorni kutib oldi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi xabar tarqatdi.

«Bu bizning inqilobiy tariximizda katta ahamiyatga ega bo‘lgan muhim voqea. Bu ko‘tarilish bukilmas irodasi bilan vatanimizni ulkan kuchga ega qudratli davlatlarga qarshi kurashga boshlab borayotgan o‘rtoq Kim Chen Inning afsonaviy jasoratini ifodalaydi», deyiladi xabarda.

Tarqalgan suratlarda KXDR rahbari qorga burkangan Pektusan tog‘lari orasida ketayotgani tasvirlangan. U toqqa ko‘tarilish chog‘ida AQSh tomonidan qo‘llangan sanksiyalarni tanqid qilgan.

«Mamlakatdagi vaziyat bekor qilinmagan sanksiyalar va dushman kuchlari bosimi tufayli og‘irlashmoqda, biz ko‘p sinovlar va qiyinchiliklarga qarshi turishimiz kerak bo‘ladi. AQSh rahbarligidagi dushmanlar koreys xalqiga bergan og‘riqlar g‘azabga aylanadi», — deya Shimoliy Koreya rahbari so‘zlarini keltirgan Janubiy Koreyaning «Yonhap» agentligi.

Pektusan — Koreya yarimorolidagi eng yuqori nuqta bo‘lib, KXDR va Xitoy o‘rtasidagi chegara hududda joylashgan. Koreyaliklar bu tog‘ni muqaddas hisoblashadi: afsonaga ko‘ra, to‘rt ming yil muqaddam bu tog‘dan qadimgi koreys davlati asoschisi tushib kelgan. Bundan tashqari, KXDRning rasmiy tarixshunosligiga ko‘ra, Ikkinchi jahon urushi vaqtida Pektusan tog‘ida KXDR davlati asoschisi Kim Ir Sen rahbarligidagi partizanlar lageri joylashgan edi. Bu lagerda uning o‘g‘li va vorisi Kim Chen Ir ham tug‘ilgan.

Kim Chen In avval ham uch marta Pektusan tog‘iga ko‘tarilgan, jumladan, AQSh bilan yadrodan xoli bo‘lish bo‘yicha va Janubiy Koreya bilan tinchlik bo‘yicha muzokaralarda. Bu pallalar uning davlat rahbari sifatidagi faoliyatidagi muhim pallalar sifatida baholangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kim Chen In otda Pektusan tog‘iga ko‘tarildi (foto)