Bu haqda Forbes nashri xabar berdi. Nashr mutaxassislarining baholashicha, Nike brendining qiymati 36,8 mlrd dollarni tashkil qiladi.
Eng qimmatbaho biznes-brendlar o‘ntaligiga AQShning kabel sport telekanali ESPN (qiymati 13 mlrd dollar), Adidas (11,2 mlrd dollar), PepsiCo kompaniyasining izotonik ichimliklari markasi Gatorade (6,7 mlrd dollar), Britaniya va Irlandiyadagi sport telekanali brendi Sky Sports (4,4 mlrd dollar), Puma (4 mlrd dollar), AQShdagi sport kiyim-boshi va poyabzali markasi Under Armour (3,5 mlrd), Mutlaq jangchilik chempionati UFC (2,4 mlrd dollar), AQShning pullik televideniye sport tarmog‘i YES Network (1,5 mlrd dollar) va Reebok (800 mln dollar) kirgan.
2019 yilda eng qimmatbaho sport voqealari brendlari reytingida amerikancha futbol bo‘yicha mavsum g‘olibi aniqlanadigan Superkubok uchrashuvi yana yetakchilik qilmoqda. Superkubok o‘tkaziladigan kunda reklama va homiylardan tushadigan hamda chiptalar va esdalik sovg‘alari sotilishidan olinadigan daromad 780 mln dollarga baholangan.
Ta’kidlash joiz, sport voqealari brendlari reytingining 4-o‘rniga Rossiyada 2018 yil o‘tgan futbol bo‘yicha jahon chempionati qo‘yilgan. Nashr mutaxassislarining ta’kidlashicha, Rossiyada o‘tgan jahon chempionati o‘yinlarini 2014 yilgi Braziliyadagi jahon chempionatidagidan ko‘ra 27,7 foiz ko‘proq tomoshabin kuzatgan. JCh-2018’dan olingan umumiy tushum 282 mln dollarni tashkil qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
O‘z qo‘limiz bilan muammo yaratmaylik...
Gruziya bosh vaziri mamlakat prezidentini “sotqin” deb atadi
Nadal Madriddagi mag‘lubiyatiga emotsional tarzda munosabat bildirdi
Toshkentda mebel sexi 1 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalangani aniqlandi
Pentagon rahbari Xitoyni AQSHning asosiy raqibi deb atadi
Namanganda 11-sinf o‘quvchisi Lacetti'da ikki talabani urib yubordi
Yevropa Ligasi. “Bayer” safarda “Roma”ni taslim etdi, “Marsel” esa “Atalanta” bilan durang o‘ynadi