
Kataloniyada umummilliy ish tashlash boshlandi: qator trassalar yopildi, mitinglar bo‘lib o‘tmoqda, Barselona aeroportida ellikdan ortiq reys bekor qilindi.
Ish tashlash CSC va Kataloniya uchun tanlov kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etilgan bo‘lib, bunga Ispaniya oliy sudining o‘n ikki nafar siyosatchiga chiqargan hukmi sabab bo‘ldi.
Ayni paytda norozilik aksiyalari, mitinglar va “Mustaqillik uchun marsh” harakati bois qator trassalar, jumladan Andorraga olib boruvchi yagona yo‘l yopib qo‘yilgan. Barselonaning El-Prat aeroportida 55ta reys bekor qilindi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Ispaniya oliy sudi 12 nafar kataloniyalik siyosatchini aybdor deb topdi. Ulardan to‘qqiz nafari isyon ko‘tarishga aloqadorlikda ayblanib 9 yildan 13 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Buning ortidan Kataloniyada norozilik namoyishlari boshlanib ketdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar