Foto: NASA
Xalqaro koinot stansiyasi bortidan tarixda ilk bor ikki ayol fazogir bir vaqtda ochiq koinotga chiqdi.
NASA agentligining xabar berishicha, amerikalik astronavtlar Kristina Kuk va Jessika Meir Toshkent vaqti bilan soat 16.38da bir vaqtda ochiq koinotga chiqishgan.
LIVE: NASA's first ever all-female spacewalk from the ISS https://t.co/Ru81StNBMx
— NBC News (@NBCNews) October 18, 2019
Astronavtlar stansiya fermasidagi ishdan chiqqan tashqi energoblokni almashtirishlari kerak. Ularga buni bajarish uchun 6,5 soat ajratilgan.
Kristina Kuk uchun bu stansiyaning tashqi tomoniga 4-chiqishi hisoblanadi, Meir uchun esa birinchisidir. Ikki ayol fazogirning ochiq koinotga chiqishi mart oyida yuz berishi kerak edi. O‘shanda Kukka Enn Makkleyn sheriklik qilishi rejalashtirilgandi. Biroq Makkleynga to‘g‘ri keluvchi skafandr topilmagan. Keyinroq skafandr XKSga yetkazilgan.
Tarix davomida 14 nafar ayol fazogir ochiq koinotga chiqqan. Buni birinchi bo‘lib sobiq ittifoq fazogiri Svetlana Savitskaya 1984 yilda amalga oshirgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi
Ukraina Qrimga ATACMS raketalari bilan hujum qildi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Surxondaryoda dunyodagi eng katta so‘zana tikildi
AQSHning Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha strategiyasida Rossiya va Xitoyning tilga olinishi