09:37 / 19.10.2019
2 559

Tarixda ilk bor ikki ayol fazogir bir vaqtda ochiq koinotga chiqdi (video)

Tarixda ilk bor ikki ayol fazogir bir vaqtda ochiq koinotga chiqdi (video)
Foto: NASA
Xalqaro koinot stansiyasi bortidan tarixda ilk bor ikki ayol fazogir bir vaqtda ochiq koinotga chiqdi.
NASA agentligining xabar berishicha, amerikalik astronavtlar Kristina Kuk va Jessika Meir Toshkent vaqti bilan soat 16.38da bir vaqtda ochiq koinotga chiqishgan.

Astronavtlar stansiya fermasidagi ishdan chiqqan tashqi energoblokni almashtirishlari kerak. Ularga buni bajarish uchun 6,5 soat ajratilgan.

Kristina Kuk uchun bu stansiyaning tashqi tomoniga 4-chiqishi hisoblanadi, Meir uchun esa birinchisidir. Ikki ayol fazogirning ochiq koinotga chiqishi mart oyida yuz berishi kerak edi. O‘shanda Kukka Enn Makkleyn sheriklik qilishi rejalashtirilgandi. Biroq Makkleynga to‘g‘ri keluvchi skafandr topilmagan. Keyinroq skafandr XKSga yetkazilgan.

Tarix davomida 14 nafar ayol fazogir ochiq koinotga chiqqan. Buni birinchi bo‘lib sobiq ittifoq fazogiri Svetlana Savitskaya 1984 yilda amalga oshirgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tarixda ilk bor ikki ayol fazogir bir vaqtda ochiq koinotga chiqdi (video)