Qantas Airlines aviakompaniyasi jahon tarixidagi eng uzoq davom etgan samolyot parvozini amalga oshirdi. Bu haqda FlightAware portali ma’lum qildi.
Boeing 787-9 layneri Nyu-Yorkdan Sidneygacha parvozni 19 soat 14 minutda amalga oshirdi. 16309 kilometr masofani bosib o‘tgan samolyot manzilga 37 daqiqa kechikish bilan yetib keldi.
Parvoz davomida yo‘lovchilar shifokorlar nazoratida bo‘ldi. Noqulaylikning oldini olish uchun yo‘lovchilarga xavotirlanishga qarshi melatonin tabletkasi va ko‘zoynak tarqatildi.
Bundan avvalgi rekord Singapore Airlines kompaniyasiga tegishli bo‘lib, Airbus A350-900ULR samolyoti Singapurdan Nyu-Yorkka to‘xtamay 18 soat 50 daqiqada uchib borgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Toshkent viloyatida ekologiya inspektorlari hujumga uchradi
Buxoroda yodgorliklarni ta’mirlashga ajratilgan 3,3 mlrd so‘m talon-toroj qilindi
Moskvada "Falungun" sektasi tarafdorlari qo‘lga olindi
Har bir qizning orzusi: turk seriallaridagi eng chiroyli 4 ta to‘y
Shoygu Ukraina dronlariga qarshi qo‘llaniladigan yangi vositalar bilan tanishdi
Ukraina 300 mingta dron sotib olish uchun pul ajratadi
Moskvada Ukrainadan tortib olingan NATO harbiy texnikalari ko‘rgazmasi o‘tkazildi