Foto: RIA Novosti
Bundan buyon Farmonga muvofiq, tashqi ishlar, ichki ishlar va mudofaa vazirlaridan tashqari boshqa vazirlar va yuqori organlar rahbarlarini tayinlash Nursulton Nazarboyev bilan kelishilganidan so‘ng tayinlanadi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev mamlakatning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning davlat hokimiyati organlari tizimida kadrlar siyosati sohasidagi vakolatlarini kengaytiruvchi farmonni imzoladi.
Farmonga muvofiq, TIV, IIV va mudofaa vazirlaridan tashqari boshqa vazirlarni tayinlash Nursulton Nazarboyev bilan kelishilganidan so‘ng tayinlanadi.
Bundan tashqari, bevosita Qozog‘iston prezidentiga bo‘ysunuvchi va hisob beruvchi organlar rahbarlari ham Nazarboyev bilan kelishilganidan keyingina tayinlanadi.
Prezidentga bevosita bo‘ysunuvchi va hisob beruvchi organlarga prezident ma’muriyati, bosh prokuratura, milliy xavfsizlik qo‘mitasi, davlat xizmatlari ishlari bo‘yicha va korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, milliy bank, respublika gvardiyasi, tashqi razvedka xizmati, prezidentni qo‘riqlash xizmati, respublika byudjeti ijro etilishini nazorat qiluvchi hisob qo‘mitasi, prezident ishlari boshqarmasi, korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi kiradi.
Shu bilan birga, viloyatlar, respublika ahamiyatiga shaharlar va poytaxt hokimlari ham birinchi prezident bilan kelishuv asosida tayinlanishi lozim.
Qozog‘istonni qariyb 30 yil boshqargan Nazarboyev shu yilning martida prezidentlik vakolatlarini topshirgandi. U xavfsizlik kengashi va Nur Otan partiyasi rahbariligini o‘zida qoldirdi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi
Uchar avtomobil yo‘lovchi bilan birinchi parvozini amalga oshirdi (video)
“Tolibon” Afg‘onistonning Xost viloyatida besh nafar fuqaroni qamchi bilan jazoladi
Lukashenko G‘arbga tahdid bilan chiqdi
Xitoy AQSHni «qizil chiziqlar»ni kesib o‘tishdan ogohlantirdi va «dushman emas, hamkor» bo‘lishga chaqirdi
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Germaniyada ishlash istagida bo‘lgan o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun nemis tili o‘rgatiladi