08:12 / 23.10.2019
2 393

Ispaniyada «Real» va «Atletiko» futbolchilarining uylarini o‘margan jinoiy guruh qo‘lga olindi

Ispaniyada «Real» va «Atletiko» futbolchilarining uylarini o‘margan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Foto: Global Look Press
Ispaniya fuqarolik gvardiyasi Albaniya rasmiylari bilan hamkorlikda professional futbolchilarning uyini o‘margan jinoiy guruhni qo‘lga oldi. Bu haqda Yevropol ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo».

Guruh 4 nafar Albaniya fuqarosi va bir ispaniyalikdan iborat bo‘lgani aytilmoqda. Ular Ispaniyaning Madrid va Toledo shaharlarida 16 oktyabr kuni o‘tkazilgan operatsiya davomida ushlangan.

Bundan avval bir necha oy davomida «Real» va «Atletiko» futbol klublarining bir qator o‘yinchilari uyida o‘g‘irliklar sodir etilgandi. O‘shanda jinoyatchilar talonchilikni amalga oshirish uchun qulay fursat topish maqsadida futbolchilarning xatti-harakatlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatgani taxmin qilingandi.

Reydlar natijasida politsiya tomonidan qimmatbaho mashinalar, minglab yevro pul va taqinchoqlar musodara qilindi. Shuningdek, bir necha esdalik ashyolari, jumladan, «Atletiko» yarim himoyachisi uyidan o‘g‘irlangan Chempionlar ligasidagi g‘alaba uchun taqdim etilgan medal ham topildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniyada «Real» va «Atletiko» futbolchilarining uylarini o‘margan jinoiy guruh qo‘lga olindi