2 399
Ispaniyada «Real» va «Atletiko» futbolchilarining uylarini o‘margan jinoiy guruh qo‘lga olindi
Foto: Global Look Press
Ispaniya fuqarolik gvardiyasi Albaniya rasmiylari bilan hamkorlikda professional futbolchilarning uyini o‘margan jinoiy guruhni qo‘lga oldi. Bu haqda Yevropol ma’lum qildi, deya xabar beradi «Daryo».
Guruh 4 nafar Albaniya fuqarosi va bir ispaniyalikdan iborat bo‘lgani aytilmoqda. Ular Ispaniyaning Madrid va Toledo shaharlarida 16 oktyabr kuni o‘tkazilgan operatsiya davomida ushlangan.
Bundan avval bir necha oy davomida «Real» va «Atletiko» futbol klublarining bir qator o‘yinchilari uyida o‘g‘irliklar sodir etilgandi. O‘shanda jinoyatchilar talonchilikni amalga oshirish uchun qulay fursat topish maqsadida futbolchilarning xatti-harakatlarini ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzatgani taxmin qilingandi.
Reydlar natijasida politsiya tomonidan qimmatbaho mashinalar, minglab yevro pul va taqinchoqlar musodara qilindi. Shuningdek, bir necha esdalik ashyolari, jumladan, «Atletiko» yarim himoyachisi uyidan o‘g‘irlangan Chempionlar ligasidagi g‘alaba uchun taqdim etilgan medal ham topildi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Osvensimda minglab yahudiylar «Tiriklar marshi» aksiyasini o‘tkazdi
G‘azo aholisi HAMASning tinchlikka erishish yo‘lidagi qarorini nishonlash uchun ko‘chalarga chiqdi
Rossiyada amerikalik askar o‘g‘rilikda ayblanib qo‘lga olindi
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Aleksandr Stoymirovich: "Tarkibimizda yo‘qotishlar bor"
Netanyaxu: “Isroil garovga olinganlar evaziga harbiy harakatlarni to‘xtatishga tayyor”
Trampning maxfiy hujjatlar bo‘yicha sud jarayoni keyinga qoldirildi
Tarixdagi eng mashhur ikki tomonlama josuslar