Foto: RIA "Novosti"
Bishkek tuman sudi Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevning hibsda ushlab turilishini 2 oy, ya’ni 26 dekabrgacha uzaytirdi. Bu haqda Atamboyevning advokati Sergey Slesarev ma’lum qildi.
Uning ta’kidlashicha, Atamboyevga nisbatan ehtiyot chorasi sifatida 26 oktyabrgacha hibsga olish qo‘llangandi. Endi esa bu chora 26 dekabrgacha uzaytiriladi.
Atamboyev hozirda Qirg‘iziston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasining tergov izolyatorida saqlanmoqda.
Atamboyev bir qator ayblovlar, jumladan ommaviy tartibsizliklar uyushtirish, garovga olishni tashkillashtirish, jinoyatchi Aziz Batukayevning turmadan noqonuniy ozod qilinishidagi korrupsiya, Bishkek issiqlik elektr stansiyasini rekonstruksiyalashdagi korrupsiya, Qo‘y-Tosh qishlog‘i va Issiq-ko‘l viloyatida yer maydonlarini noqonuniy o‘zlashtirishda gumon qilinmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Samarqandda haydovchidan pora so‘ragan YPX xodimlari ishdan bo‘shatildi
Daniyada endi ayollar ham majburiy harbiy xizmatni o‘taydi
Iordan daryosi G‘arbiy sohilida falastinlik talabalar nemis diplomatini tadbirdan quvib chiqardi
O‘zbekiston matbuot erkinligi reytingida 11 pog‘onaga pastladi
Hokimlik xodimi firibgarlik ortidan qo‘lga tushdi
Donald Tramp sudga hurmatsizlik qilgani uchun jarimaga tortildi
Yashirin iqtisodiyot bo‘yicha qaror loyihasi Tadbirkorlik kengashi takliflari asosida qayta ko‘rib chiqiladi