date
views 3 575

Rossiya Afg‘oniston bilan chegaraga S-300 majmuasini joylashtirdi

Rossiya Afg‘oniston bilan chegaraga S-300 majmuasini joylashtirdi
Tojikistonga ilk bor «Favorit» S-300 zenit raketa majmuasi joylashtirildi. Bu haqda o‘z manbasiga tayanib RBK xabar berdi. Ikkinchi manba majmua Afg‘oniston bilan chegaraga joylashtirilganini aytdi.

«Bu Afg‘oniston bilan chegaradagi birinchi «Favorit» majmuasi bo‘ladi. Ilgari S-300 majmuasi faqatgina Qozog‘istonda bor edi», — dedi manba.
Uning so‘zlariga ko‘ra, S-300 Rossiyaning Tojikistondagi 201-harbiy bazasini havo hujumidan himoya qiladi.

Avvalroq S-400 majmuasi va «Pansir-S» i raketa-artilleriya batareyasi Serbiyaga olib kelingandi. Ular 23-29 oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan qo‘shma harbiy mashg‘ulotlarda ishtirok etadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya Afg‘oniston bilan chegaraga S-300 majmuasini joylashtirdi