Donald Tramp IShID rahbari Abu Bakr al-Bag‘dodiy Suriya hududida o‘tkazilgan maxsus amaliyot natijasida yo‘q qilingani haqida ma’lum qildi.
«O‘tgan kecha AQSh jahonning birinchi raqamli terroristiga nisbatan adolatni qaror toptirdi. Abu Bakr al-Bag‘dodiy o‘ldi. U dunyodagi eng shafqatsiz va zo‘ravon terrorchilik tashkiloti – IShIDning asoschisi va yetakchisi edi», dedi Tramp maxsus murojaatida. Trampning Oq uydagi nutqi jahonning ko‘plab agentliklari tomonidan translyatsiya qilindi.
AQSh prezidentining so‘zlariga ko‘ra, ekspertiza natijalari aviazarba oqibatida o‘ldirilganlar orasida al-Bag‘dodiy ham bo‘lganini tasdiqlagan.
U o‘zini portlatgan
Prezident al-Bag‘dodiy amerikalik harbiylar uchun birinchi raqamli nishon bo‘lgani, u yashayotgan joy aniqlangach, o‘sha uyda bo‘lgan 11 bola u yerdan chiqarilganini ma’lum qilgan.
Tramp u qanday o‘lganiga aniqlik kiritdi. Uning aytishicha, al-Bag‘dodiy aviazarbalardan keyin «qo‘rqoqlarcha qochgan», ammo hududni tunnel orqali tark etish uchun harakati muvaffaqiyatsiz kechgach, o‘z belidagi portlovchi qurilmalarni portlatib yuborgan. Uning yonida bo‘lgan uch bola ham u bilan birga halok bo‘lgan.
«U oxiri o‘limga olib boruvchi tunnel ichiga dodlab baqirganicha yugurib kirayotganida o‘ldi. Bungacha voqea joyidagilar yo taslim bo‘lgan, yo otib tashlangan edi. Uydan 11 nafar bola olib chiqildi, ular jarohatlanmagan.
Tunnelda faqat uch bolasi bilan Bag‘dodi qolgandi. Bizning itlarimiz uni ta’qib qilib borganida u tunnel oxiriga yetib qolgandi. Ustidagi portlovchi jiletini portalib, o‘zi va uch bolasini o‘ldirdi. Portash natijasida uning tanasi bo‘laklarga bo‘linib ketdi.
U xuddi it kabi o‘lim topdi. Dunyo yanada xavfsizroq», — dedi Tramp bayonoti so‘nggida.
Tramp mazkur amaliyotda ishtirok etganlarning barchasiga, birinchi navbatda amerikalik harbiylarga, shuningdek Rossiya, Turkiya, Iroq, Suriya va kurdlarga minnatdorchilik bildirgan.
Tramp o‘z murojaatidan keyin jurnalistlar savollariga javob qaytarishi asnosida Suriya shimolidagi havo hududini nazorat qilayotgan Rossiya amerikaliklar aviatsiyasiga Idlib viloyati osmonida harakatlanishi uchun yo‘lak ochib berganini ma’lum qilgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Devid Kemeron Markaziy Osiyoga safarida hashamatli samolyot ijaraga olgani uchun tanqid qilindi
AQSHda Falastinni qo‘llab namoyishga chiqqani uchun hibsga olingan talabalar soni 900 nafardan oshdi
Ushbu moddaning yetishmasligi tamaki kabi umrni qisqartiradi
Keniyada to‘g‘on buzilishi oqibatida 42 kishi halok bo‘ldi
O‘zbekistonda uy-joy va avtomobillar oldi-sotdisi naqd pulsiz shaklga o‘tkazilishi mumkin
Gaaga sudi Isroil harakatlarini tekshiruvdan o‘tkazmoqda
Fon der Lyayen Putinning «ishonli odamlari» bilan hamkorlikni istisno etdi