09:15 / 29.10.2019
3 103

Tramp Zelenskiyni Rossiya prezidenti deb aytib yubordi

Tramp Zelenskiyni Rossiya prezidenti deb aytib yubordi
AQSh prezidenti Donald Tramp Vladimir Zelenskiyni Rossiya prezidenti deb yubordi. Tramp buni Endryus aviabazasidagi nutqi davomida aytgan, deb xabar berdi “Ukrainskaya pravda” nashri.

“Ular endi oshkor qiluvchi [Trampning Zelenskiy bilan suhbatini oshkor qilgan odam] haqida gapirishni istashmayapti, chunki ular suhbat matnini e’lon qilishimni kutishmagandi. Men uni e’lon qilganimda, Shiff [AQSh kongressi quyi palatasining razvedka bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Adam Shiff] dokladini inkor etdim. Bundan tashqari, Rossiyaning yangi prezidenti, yaxshi odam, suhbatda hech narsa bo‘lmaganini aytganini bilasiz. Unga bosim bo‘lmagan. Umuman hech narsa”, deb aytgan Tramp.

Trampning bu xatosiga jurnalistlar e’tibor qaratishgan. Tramp uning impichmentiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatga izoh berib, Ukraina prezidenti bilan “a’lo darajadagi suhbat bo‘lganini” eslatib o‘tgan. Biroq u Zelenskiyga bosim o‘tkazmaganini ta’kidlayotib, uni Rossiya prezidenti deb atab yuborgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tramp Zelenskiyni Rossiya prezidenti deb aytib yubordi