date
views 4 150

Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi oqibati ayanchli, deb baholandi

Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi oqibati ayanchli, deb baholandi
2019 yilning 17 oktyabrida bo‘lib o‘tgan parlament yig‘ilishida Jogorku Kenesh deputati Ali Karashev Qirg‘izistonning YeOII iqtisodiy maydoniga kirishi bilan bog‘liq masalalarni ko‘tardi.

«Mana Qirg‘iziston YeOIIga a’zo bo‘lganidan beri 4 yil o‘tdi, o‘shanda bizga o‘z mahsulotlarimizni qo‘shni davlatlarga yetkazib berish uchun katta imkoniyatlar bo‘lishini, ishlab chiqarish yuqori sur’atlarda o‘sishini, yangi texnologiyalar va kompaniyalar paydo bo‘lishini va sarmoyadorlar uchun yaxshi sharoitlar paydo bo‘lishini va’da qilishgan edi.

Biroq, aslida eksportni pasayish kuzatilmoqda: YeOII tarkibida u 7 foizga, shu jumladan Rossiyaga 43 foizga kamaydi.
Iqtisodiyotning yetakchisi hisoblangan yengil sanoat mahsulotlari eksporti 60 foizga, poyabzal 50 foizga kamaydi.

Mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari 10 foizga yoki 175 million dollarga kamaydi, bojxona to‘lovlari esa 4 milliard dollarga pasayib ketdi. «Agar hukumat hozirdan biror choralarni ko‘rmasa, oqibatlari og‘ir bo‘lishi mumkin», deya ogohlantirdi Karashev.

U, shuningdek, investitsiyalarning chiqib ketishi katta hajmini qayd etdi.
“Hukumat milliy manfaatlarimizni himoya qilishga va sarmoyadorlar uchun yaxshi sharoitlarni yaratishga va’da bergan edi. Biroq, Rossiya bilan investitsiyalarning kirib kelishi va chiqishi deyarli teng bo‘lsa-da, Qozog‘istonga chiqib ketishi 35 million dollarni, u tarafdan kirib kelishi esa 9,5 million dollarni tashkil qiladi, Xitoy bilan esa, chiqib ketish 181 million dollarni, kirib kelish oqimi 171 million dollarni tashkil etadi», – dedi Karashev.

Parlament davlat-xususiy sheriklik to‘g‘risidagi yangi qonunni qabul qildi, ammo hozirgacha loqal bitta bo‘lsada muhim loyiha mavjudligi sezilmadi, shuningdek, hukumat avtomatlashtirish, moliyalashtirish, markirovkalash va tovarlarni identifikatsiyalash masalalarini ham ikkinchi darajadagi masala sifatida chetlab o‘tdi, dedi deputat.

Karashev, shuningdek, O‘zbekistonning YeOIIga kirish niyatidan xavotir bildirdi.
«Agar qishloq xo‘jaligimiz ishlab chiqaruvchilari Qozog‘iston va Rossiya bozorlari uchun raqobatlasha olishmasa, mehnat muhojirlarining pul o‘tkazmalari pasayishi mumkin bo‘lsa, bular uchun kim javobgarlikni o‘z zimmasiga oladi?» – dedi deputat hukumatga murojaat qilgan holda, hali vaqt borligini aytib, oldindan dastur ishlab chiqishni tavsiya qildi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qirg‘izistonning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo bo‘lishi oqibati ayanchli, deb baholandi
-->