date
views 5 120

Olimlar insoniyatni yangi xavfdan ogohlantirdi

Olimlar insoniyatni yangi xavfdan ogohlantirdi
Foto:«Reuters»
Avstraliyaning Monasha universiteti olimlari global isish va yuqori harorat oziq-ovqat yetishmovchiligi bilan bog‘liq qator kasalliklarning ko‘payishi va kelib chiqishiga olib keladi degan xulosaga qilishmoqda. Bu haqda «EurekAlert» nashriga tayanib Xabar.uz ma’lum qildi.

Issiq ob-havo odamning oshqozon-ichak kasalliklariga sabab bo‘ladi va hazm qilish sistemasi buzilishi va termogulyatsiyaning yomonlashuviga olib keladi. Bundan tashqari, havo haroratining yuqoriligi ishtahaning pasayishiga, oziq-ovqat sotib olmaslik va ovqat tayyorlash istagini yo‘qotishi mumkin.

Olimlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi dunyo bo‘ylab oziq-ovqat mahsulotlarini yetishtirishni 3,2 foizga kamaytiradi va shu tariqa 2050 yilga borib to‘yib ovqatlanmaslik natijasida, 30 mingga yaqin inson qirilib ketishi mumkin.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar insoniyatni yangi xavfdan ogohlantirdi