Foto: «Smnews.ru»
Amerikalik aktyor va tabiatning faol himoyachisi Leonardo di Kaprio shvetsiyalik ekologiya faoli 16 yoshli Greta Tunbergga «zamonamiz yetakchisi» deya e’tirof qildi, deb yozmoqda «Daryo».
Aktyor Instagram’dagi sahifasiga Greta bilan birga tushgan suratini joyladi va qizaloqning «harakatsizlik davri o‘tdi» deya dunyo davlatlari rahbarlariga qilgan murojaati beiz ketmasligiga umid qilishini bildirdi.
«Tarixda dunyoni o‘zgartirishga qodir ovozlarning shunday baland yangrashi natijasida amalga oshgan burilish nuqtalari kuzatilgan. Greta Tunberg zamonamiz yetakchisiga aylandi. Tarix biz hozir qilayotgan ishlarimizga baho beradi, kelajak avlod uchun sayyoramizda tabiiy yashash sharoitlari uchun ezgu ishlarni amalga oshirishimiz shart», — deb yozgan Instagram’da Di Kaprio.
Shuningdek, aktyor Greta ortidan ergashayotgan yosh ekologiya faollari butun dunyoda amalga oshirayotgan ishlar kelajakka optimizm bilan qarashga imkoniyat berayotganligini ta’kidladi.
Greta Tunberg sentyabrda BMTda nutq so‘zlab dunyo yetakchilarini iqlim o‘zgarishlariga nisbatan beparvolik va «o‘z bolaligini yo‘qotilishi»da aybdor deb hisoblashini ma’lum qilgan. Keyinchalik AQSh prezidenti Donald Tramp qizni maqtagan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin esa Greta Tunbergning faolligiga munosabat bildirib, ezgu maqsadlarni amalga oshirish yo‘lida bolalar va o‘smirlardan foydalanishga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini qayd etgandi. Qiz ikkala davlat rahbarining ham gaplariga hamohang ravishda Twitter profilidagi yozuvlarni o‘zgartirib qo‘ygan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Kalyari” Shomurodov bo‘yicha bir qarorga keldi
Gurjiston parlamentida «chet el agentlari» to‘g‘risidagi qonun tufayli mushtlashuv yuz berdi
U23 Osiyo Kubogi yarim final bahsi. Yaponiya ikkinchi finalchiga aylandi!
Toshkent viloyatida ikki yigit taksi haydovchisining joniga qasd qilmoqchi bo‘ldi
Otabek G‘ulomxo‘jayev: "Tarixiy g‘alaba orqali o‘zbek xalqiga xursandchilik ulashgan yigitlarga rahmat"
Amerikalik xonanda Billi Aylish noodatiy fobiyasi haqida so‘zlab berdi
Yaponiya terma jamoasi bosh murabbiyi: "Parij Olimpiadasiga qit’a chempionlari maqomida borishni maqsad qilganmiz"
Eron Afg‘oniston bilan chegarasida beton devor qurishni boshladi