7 tilda gapiruvchi 4 yoshlik qiz haqida eshitganmisiz?

7 tilda gapiruvchi 4 yoshlik qiz haqida eshitganmisiz?
4 yoshlik rus millatiga mansub Bella Devyatkina 7 tilda bemalol gaplasha oladi.
Moskvalik kichkintoy Bella Devyatkina Rossiyaning seshanba kuni efirga uzatiladigan "Amazing people" shousida o‘zining til bilish mahoratini namoyon qildi. Ya’ni u 7 til: ingliz, ispan, xitoy, rus, fransuz, nemis va arab tillarida erkin, hech qanday xatolarsiz gapirdi.
7 tilda gapiruvchi 4 yoshlik qiz haqida eshitganmisiz?
Ajoyib hamda yoqimtoy bo‘lgan Devyatkina bir necha kishi bilan sahnada turli tillarda osongina suhbat qura oldi.
Weirdrussia.com saytida xabar berilishicha, YouTube'da yosh poliglotning klipi juda keng tarqaldi. Onasining aytishicha, u qiziga har bir tilni o‘rgatadigan ko‘plab enagalar yollagan ekan.

Onaning sa’y-harakati tez orada o‘z mevasini beradi: Agar Devyatkina musobaqada g‘olib chiqsa, unga 16000 dollar taqdim etiladi.

Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar