Angliyaning Darem grafligi politsiyasi Blekxoll-Koleri qishlog‘ida yashovchi odamlarining uyiga paket ichida pul tashlab ketayotgan odamning kimligini aniqlay olmayapti, deb yozmoqda Meduza.
Xabarda aytilishicha, birinchi marta bu holat 2014 yilda kuzatilgan. O‘shandan beri jami 12 marotaba paketchali pul tashlab ketilgan, ulardan 4 donasi shu yilda tashlab ketishgan.
Paketlar odatda bir xil joyda qoldirilgan, ya’ni katta yo‘l yoqasidagi uyning yonida. Uning ichida har doim bir xil miqdorda pul bo‘ladi: 2000 funt-sterling (24,5 million so‘m). Mahalliy aholi topilgan paketlarni politsiyaga olib borib berishmoqda. Ammo hech kim pul uchun da’vo qilmaydi, keyin uni mukofot deb topib olganlarga qaytariladi.
Politsiya aholini va tashkilotlarni so‘roqqa tutdi, banklar orqali sirli saxiy insonning shaxsini aniqlashga urinib ko‘rdi, ammo bundan naf chiqmadi. Paketlarda barmoq izlari qolmagan. Politsiya paketlar jinoyatchilarga tegishli bo‘lishi mumkinligini istisno qilib, kimdir Blekxoll-Koleri aholisiga yordam berishga harakat qilayotganini taxmin qilmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?