Ba’zan dunyoga mashhur itlar haqida eshitib qolamiz, ularning hisobsiz boyligi bor ekaniga guvoh bo‘lamiz. Aslini olganda, itlar o‘zlarining sadoqati bilan egalarining ko‘nglidan joy oladilar. Balki shu sababdanmi, bunday sadoqatli jonivorlarni ularning egalari munosib taqdirlashadi. Dunyoning ana shunday eng mashhur itlaridan biri bu Gyunter IV bo‘lib, u Germaniyada istiqomat qiladi. Bugungi kundagi merosining jami qiymati 400 ming dollardan oshadi.
Gyunter IV bugungi kunda 27 yoshga kirgan degan mish-mishlar mavjud. Uning hozirgi merosi Gyunter III dan qolgan. Bu itlarning merosxo‘rlik an’anasi qanday paydo bo‘lgan deysizmi? Gyunter III germaniyalik multi-millioner Karlotta Leybenshteynning iti bo‘lgan. Tabiiyki, Karlotta itining sadoqatini inobatga olib hamda hayvonlarga bo‘lgan mehr-muhabbati bois Gyunter III ga 80 million dollar meros qoldirgan.
Gunter III vafot etganida, bu katta boylik uning o‘g‘liga o‘tdi. Bir necha yillar mobaynida, Gyunter IV ning vasiylari bu mablag‘ni munosib tarzda besh marta aylantirishga muvaffaq bo‘lishdi. Ana shunday sa’y-harakatlar evaziga Gyunter IV dunyodagi eng boy itga aylandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Sobiq bosh vazir saylov uchastkasiga kiritilmadi
Chilonzorda 1 yoshli qizaloqni daraxt bosib qoldi
Rossiyalik Vinnik AQSHda pul yuvish bo‘yicha aybini tan oldi
Rossiya qo‘shinlari Nigerdagi AQSH bazasiga joylashdi
"Al Vahda" OCHL finalchisini mag‘lub qilib, Liga kubogini qo‘lga kiritdi!
O‘zbekiston va Qirg‘iziston fuqarolari ham Rossiyaga kiritilmayapti
Si Jinping Ukrainada tinchlik o‘rnatish bo‘yicha Parij bilan hamkorlikka tayyorligini bildirdi
Oltmish yillik muhabbat: 86 yoshli qariya o‘z kursdoshiga uylandi