date
views 3 582

Xitoylik qochoq josus Pekin o‘tkazayotgan operatsiyalar haqida so‘zlab berdi

Xitoylik qochoq josus Pekin o‘tkazayotgan operatsiyalar haqida so‘zlab berdi
Van Litsyan/ Foto: The Age
Xitoylik qochoq josus Van Litsyan Pekinning boshqa davlatlar ishlariga aralashgani to‘g‘risidagi ma’lumotlarni oshkor qilganidan so‘ng Avstraliyadan siyosiy boshpana olishga umid qilmoqda. Bu haqda The Sydney Morning Herald vaThe Age gazetalari xabar berdi.

Litsyan nashrlarga bergan intervyusida Avstraliya xavfsizlik va razvedka xizmatiga (ASIO) Xitoy harbiy razvedkasining Hongkongdagi katta ofitserlari shaxsini oshkor qilganini aytgan. Bundan tashqari, u Avstraliya maxsus xizmatiga Pekin Hongkong, Tayvan va Avstraliyaning siyosiy ishlariga qanday aralashishi va moliyalashtirishi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni taqdim etgan.

Litsyan Hongkongda Pekinga nisbatan tanqidiy kitoblar sotuvchi besh kishini o‘g‘irlashda ishtirok etganini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ularni Xitoyga olib ketishgan va so‘roq qilishgan.

Litsyanning aytishicha, u Tayvanda aholining siyosiy qarashlarini o‘zgartirish bilan shug‘ullanuvchi «kiberarmiya» faoliyatini boshqargan.
U keyinroq Tayvanda 2020 yilda bo‘lib o‘tadigan prezident sayloviga aralashish bo‘yicha topshiriq olgan.

ASIO va Avstraliya ichki ishlar departamenti bu borada izoh bermagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoylik qochoq josus Pekin o‘tkazayotgan operatsiyalar haqida so‘zlab berdi